Umai CRM Bilimlar bazasi Sotuv voronkasi Kanban-dagi Lid kartochkasi
Kategoriyalar

Kanban-dagi Lid kartochkasi

Kartochka markaz ichida lidning to‘liq yo‘lini ko‘rsatadi . U orqali mijozni kim olib borayotgani, shartnoma qaysi bosqichda ekani va qanday amallar bajarilgani ko‘rinadi. O‘zgarishlar tarixi butun ish jarayonini tiklashga yordam beradi.


1. Bosqichlar paneli(tepada)

Yuqorida voronka bosqichlari bilan tugmalar joylashgan:
«Kvalifikatsiya Lida (Квалификация лида)», «Konsultatsiya (Консультация)», «Ekskursiya (Экскурсия)», «Shartnoma rasmiylashtirish (Оформление договора)» va boshqalar.

Joriy bosqich rang bilan yoritilgan — bu shartnomaning amaldagi holatidir.

Agar boshqa bosqichni bosilsa:

  • bosqich darhol o‘zgaradi,
  • kartochka Kanban (Канбан) mos ustuniga ko‘chadi,
  • «Istoriya (История)» yorlig‘ida yozuv paydo bo‘ladi,
  • voronka analitikasi yangilanadi.

2. Chap qism — asosiy maʼlumotlar

  • Kartochkaning chap qismida shartnoma bo‘yicha asosiy maʼlumotlar jamlangan:
  • ID — tizimdagi shartnomaning ichki raqami.
  • Bosqich — mijoz bilan ishlashning joriy etapi.
  • Masʼul — ushbu mijozni olib boruvchi xodim.
  • Qanday xizmat qiziqtirgani — mijozni qiziqtirgan yo‘nalish yoki xizmat.
  • Lidning harorati — mijozning qiziqish darajasi.
  • Manba — mijoz qayerdan kelgani: reklama, Instagram, tavsiya va boshqa kanallar.
  • Yaratilgan sana — shartnoma tizimga qaysi kunda qo‘shilgani.
  • Mijoz — ism va telefon raqami.

Ushbu maʼlumotlarni o‘zgartirish uchun kartochkaning chap qismidagi yuqori burchakdagi «O‘zgartirish» tugmasini bosing. Saqlagandan so‘ng yangilangan maʼlumot darhol kartochkada ko‘rinadi va hisobotlarda hisobga olinadi.


3. O‘ng qism - shartnoma bo‘yicha ish

Kartochkaning o‘ng qismi shartnoma bo‘yicha joriy ishlar uchun ishlatiladi. Bu yerda menejer muloqotlarni qayd etadi, keyingi qadamlarni rejalashtiradi va o‘zgarishlar tarixini kuzatadi.

«Komentariy (Комментарий)» yorlig‘i qo‘ng‘iroq va uchrashuv natijalarini yozish uchun mo‘ljallangan. Matn kiritib «Yuborish» tugmasini bosganingizdan so‘ng, kommentariya sana va xodim ismi bilan saqlanib, shartnoma umumiy tarixiga qo‘shiladi. Shu tariqa mijoz bilan muloqot xronologiyasi shakllanadi.



«Vazifa yaratish (Создать задачу)» yorlig‘i keyingi harakatlarni rejalashtirish imkonini beradi. Saqlangandan so‘ng vazifa «Vazifalar» (Задачи) bo‘limida paydo bo‘ladi, avtomatik ravishda ushbu shartnoma bilan bog‘lanadi va masʼul xodim uni o‘z ro‘yxatida ko‘radi.


«Onlayn yozuv (Онлайн-запись)» yorlig‘i mijozni darsga yozish uchun ishlatiladi. Dars, sana va vaqtni tanlang, so‘ngra «Ariza yaratish (Создать заявку)» tugmasini bosing. Yozuv tizimda yaratiladi, amal tarixda qayd etiladi va agar sozlamalarda belgilangan bo‘lsa shartnoma bosqichi avtomatik ravishda o‘zgarishi mumkin.


«Istoriya (История)» yorlig‘i shartnoma bo‘yicha barcha o‘zgarishlarni ko‘rsatadi: bosqichlarning almashishi, kommentariylar, yaratilgan vazifalar va darslarga yozuvlar. Mijoz bilan nima bo‘lganini va qaysi amallar bajarilganini tushunish uchun bu yorliqni ochish kifoya qiladi.

Экселька уже не тянет — пора на нормальный инструмент

Umai сделан специально для детских центров и школ: расписание, оплаты, посещения, WhatsApp-рассылки. Подключение — за один вечер, без программиста.

Или сразу зарегистрируйтесь — создать аккаунт